Korxona haqida

Univent bir guruh ishqibozlar tomonidan asos solingan bo‘lib, ularni yagona maqsad – ventilyatsiya uskunalari savdosisohasida yetakchi kompaniya yaratish birlashtirgan. Doimiy rivojlanish natijasida bugun Univent O‘zbekiston ventilyatsiya bozorida muhim o‘rin egallagan kompaniya sifatida tanilgan.

Yildan-yilga biz mahsulot turini kengaytirib, mijozlarga hamkorlarimizdan eng so‘nggi kolleksiyalarni va zamonaviy ventilyatsiya jihozlarini taqdim etmoqdamiz.

HAMKORLAR VA LOYIHALAR

Qisqa vaqt ichida bozorga kirgan bo‘lsak-da, Univent butun O‘zbekiston bo‘ylab sifatli ventilyatsiya uskunalari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi.

Biz dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilar – BVN (Turkiya), Vents (Ukraina), Popula AMX (Xitoy) va boshqa ko‘plab brendlar bilan hamkorlik qilamiz.

Faoliyatimiz davomida Univent ko‘plab murakkab va yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, o‘zining ishonchliligi va professionalligini tasdiqlab keldi.